"Palmeyras" hujumchisi, 2024 yil yozida "Real"da o'ynaydigan Endrik orzusi haqida gapirdi.
“Men yangi avlod vakillsh ekanligimni bilaman. Men barcha bolalarning kumiriga aylanishni orzu qilaman. Bilaman, bu qiyin, chunki meni yoqtirmaydiganlar bor, lekin men ular uchun yangi kumir bo'lishni xohlayman", - deya Endrikning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
“Real” Endrik uchun “Palmeyras”ga 45 million evro to'lagan. 17 yoshli hujumchi Braziliya klubi safida 69 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.