"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar ligasi chorak finali doirasida seshanba kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadigan "Real"ga qarshi o'yinda darvozabon Stefan Ortega asosiy tarkibda maydonga tushishini istisno qilmadi.
"Jiddiy o'ylashim kerak, chunki Ederson allaqachon jarohatdan qaytgan va o'zini yaxshi his qilmoqda. Agar unga o'yinda ritm etishmasa, men uni maydonga tushirmayman. Biz Ortegadan juda xursandmiz, u ajoyib darvozabon", dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Ortega "Manchester Siti"ning barcha musobaqalardagi so'nggi to'rtta o'yinida o'ynadi.