"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo'ydoqlar safini tark etishga hozirlik ko'rmoqda.
32 yoshli portugaliyalik Jorjina Rodriges bilan turmush qurishga qaror qilgan. Correio da Manha xabariga ko'ra, to'y katta ehtimol bilan JCh-2018 tugagach o'tkaziladi.
Yaqinda Ronaldu farzand kutayotgan Jorjinaga narxi 265 ming evroga teng bo'lgan nikoh uzugini sovg'a qilgan edi.