"Real Madrid"ga tegishli bo'lgan "Palmeyras"ning yosh hujumchisi Endrik yaqin orada Ispaniyaga o'tishi haqida gapirdi.
"Ochig'ini aytaman, terma jamoada bo'lganimda hamma mendan "Real"ga qachon kelishimni so'rashadi. Ketishimni bilaman, sodda emasman, lekin hozir bor e'tiborimni butunlay o'zimda bor narsaga qaratganman. Men hayotda amin bo'lgan yagona narsa - o'lim keladi, ammo qolganlar emas. Ertaga tirik qolishimni bilmayman, shuning uchun faqat bugun haqida o'ylayman", - dedi Endrik Mundo Deportivo bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, ayni damda 17 yoshli futbolchi Braziliyaning "Palmeyras" klubi futbolchisi, ammo bu yozda u "Real Madrid"ga o'tadi.
Joriy mavsumda Endrik Braziliya terma jamoasi safida barcha turnirlarda to'qqizta o'yinda qatnashib, ikkita gol va bir golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali hujumchining bozor narxini 55 million evroga baholamoqda.