Kilian Mbappening ukasi akasining ortidan “Real Madrid”ga borish niyatida emas.
RMC Sport xabariga ko'ra, Kilian Mbappening ukasi, 17 yoshli Etan faoliyatini "PSJ"da davom ettirmoqchi. Yosh yarim himoyachiga Liga 1ning bir qancha klublari, shuningdek, Germaniya va Ispaniya jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, Etan o'z yo'lidan ketmoqchi va yozda "Real"ga o'tish ehtimoli yuqori bo'lgan Kilianga ergashmoqchi emas.
Mbappening ukasi jamoada hurmatga sazovor va katta salohiyatga ega futbolchi sanaladi va "PSJ" U19 bosh murabbiyi Zumana Camara uning ruhiyatini qadrlaydi.
Etan ushbu Liga 1 mavsumida 1 ta o'yin o'tkazdi.