Evropa Chempionlar Ligasida joriy mavsum eng ko'p pul ishlagan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.
Unga ko'ra “Manchester Siti” eng ko'p pul ishlagan jamoaga aylandi. “Shaharliklar” turnirdagi ishtiroki bilan 89,02 million evro daromad qilgan.
Ushbu daromadlar g'alabalar va televizion huquq orqali qo'lga kiritilgan.
Chorak final bosqichigacha ishlab topilgan pullar bo'yicha “Real” 2-o'rinda bo'lsa (86,75 million), 3-o'rinni “Bavariya” egallagan (86,02).
Shuningdek, “PSJ” (76,28), “Atletiko” (75,05), “Borussiya D” (74,53), “Barselona” (74,33) va “Arsenal” (68,44) jamoalari top-8 likdan joy olgan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda turnir g'olibiga aylangan “Manchester Siti” barchadan ko'p daromad ko'rgandi — 134,94 million evro.