Ilkay Gyundogan Chempionlar ligasi finalida "Manchester Siti"ga qarshi o'ynashni xohlashini aytdi.
"Barselona" turnirning chorak finalida "PSJ"ga qarshi o'ynaydi.
– "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi finalini orzu qilasizmi?
- Ha albatta! Ko'ramiz, birinchi navbatda, men "Barselona" bilan finalga chiqishni xohlardim - bu aql bovar qilmaydigan bo'lardi va raqib kim bo'lishi muhim emas.
Lekin ha, "Manchester Siti" – favqulodda jamoa va ular hozirda finalga chiqish imkoniyati eng yuqori bo'lgan jamoalardir.
Ammo Chempionlar ligasida nima bo'lishini hech qachon bilib bo'lmaydi", - deydi "Barselona" yarim himoyachisi, avvalroq “shaharliklar”da o'ynagan Ilkay Gyundogan.