"Liverpul" "Real Madrid"ning etakchi yarim himoyachilaridan biriga ko'z tikdi. El Debate xabariga ko'ra, ingliz grandining e'tiborida urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverde bor.
Jurnalistlarning fikricha, mersisaydliklar klubi rahbariyati Valverdeni sotib olish uchun 150 million evro ajratishga tayyor. Biroq “Real” Federikoni sotish niyatida emas, urugvaylikning o'zi esa boshqa jamoaga o'tishni istamaydi.
Yarim himoyachi Madrid klubida 2018 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda Valverde 42 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.