Madridning "Real" ayollar klubi futbolchisi Ateneya faoliyati davomida hech qachon "Barselona"da o'ynamasligini ochiq aytdi.
"Men dunyoning eng yaxshi klubida o'ynayman. Men uchun "Real Madrid"da bo'lish bir umrlik orzuimning amalga oshishidir. Men hech qachon "Barselona"da o'ynamayman, hatto u dunyodagi yagona klub bo'lib qolsa ham. O'ylaymanki, bizda shunday raqobat borligi juda yaxshi. Asosiysi, bir-birimizni hurmat qilishimiz kerak", - deya Ateneining so'zlarini keltiradi EFE.