Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qishda markaziy himoyachi sotib olmoqchi edi. Relevo'ga ma'lum bo'lishicha, David Alaba jarohatidan so'ng "Los-Blankos" ustozi klubdan himoya markaziga yangi o'yinchi sotib olishni so'ragan, biroq rahbariyat italiyalikni rad etgan.
Manbaga ko'ra, "Real" boshliqlari, Aurelien Tchuameni yordamida himoyani kuchaytirish mumkinligini his qilishgan. 30 turdan keyin "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Anchelotti shogirdlari hisobida 75 ochko bor. Ikkinchi o'rinda borayotgan "Barselona" o'rtasidagi farq sakkiz ochkoni tashkil etadi.