"Milan"ning sobiq himoyachisi Kafu "Real"ning amaldagi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Kafu Anchelottini yaxshi murabbiy deb atadi va Braziliya terma jamoasida hech qachon xorijlik murabbiy bo'lmaganini ta'kidladi.
"Bu normal holat emas. U hech qachon Braziliya terma jamoasini boshqarishni xohlayotganini aytmagan. Braziliyalik muxlislar unga unchalik ham ishonishmayapti. Braziliya terma jamoasida bo'lganingizda, buni butun dunyoga e'lon qilishni xohlaysiz", - dedi Kafu Match TV bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti boshchiligida "Real" ikki marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan. Italiyalik mutaxassis “Milan”, “Yuventus”, “Chelsi”, “PSJ”, “Bavariya” va “Everton” klublarini ham boshqargan.