"Malorka" hujumchisi Vedat Muriki jamoasi Qirol kubogini yutishiga umid qilmoqda. Eslatib o'tamiz, shanba kuni jamoa finalda Bilbaoning "Atletik" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
“Tasavvur qilishingiz mumkinki, “Real Madrid” darajasidagi jamoa Ispaniya Kubogida g'alaba qozonganimizdan keyin bizga chempionlik koridorini tashkil qilsa. Ular menga hurmat ko'rsatishlari mumkin, lekin men oddiy ofitsiant bo'lib ishlaganman. Bu ajoyib bo'lardi", - deya Muriki so'zlarini keltiradi Madrid Zone.
"Malorka"ning Ispaniya kubogi finalidan keyingi navbatdagi o'yini chempionat doirasida "Real"ga qarshi uy uchrashuvi bo'ladi.