Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin La Liganing 30-turida jamoa “Atletik”ni mag'lub etganidan so'ng (2:0) “Manchester Siti”ga qarshi Chempionlar ligasi 1/4 final uchrashuvidan oldingi umidlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz har bir o'yinga bo'lgani kabi bu o'yinga ham jiddiy va puxta tayyorgarlik ko'ramiz. Yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz va mashg'ulot o'tkazishimiz uchun bir necha kun vaqtimiz bor.
Biz raqib o'yinlarining videosini tomosha qilamiz va eng yaxshi natijaga erishish uchun hamma narsani ishga solamiz", - deya Luninning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.