Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kecha "Atletik Bilbao"ga qarshi o'yinning 81-daqiqasida almashtirilgan yarim himoyachi Federiko Valverdening holati haqida gapirdi.
“Valverde? U biroz lat egan. Futbolchilarga dam olish uchun ikki kunlik dam berildi. Umid qilamizki, barcha o'yinchilar tuzalib ketishadi", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
"Real"ning navbatdagi o'yini 9 aprel kuni Madridda Chempionlar ligasining birinchi chorak finalida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda bo'lib o'tadi.