"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso faoliyatini davom ettirish uchun qiziqarli variantlardan bosh tortdi va keyingi mavsumda nemis klubida qoldi. Jurnalist Santi Auna ispaniyalik mutaxassisning qarorini tushuntirib berdi.
Unga ko'ra, Alonso Londonning "Chelsi"sida ishlash variantini ko'rib chiqmagan va shuning uchun darhol rad etgan. Xabi "Liverpul"ga bormadi, chunki u Yurgen Kloppning ishlari soyasida qolishni istamadi. Alonsoning boshqa varianti "Bavariya" edi, ammo Xabi "Real"dagi mumkin bo'lgan ish bilan qiziqmoqda.
Bularning barchasidan kelib chiqib, ispaniyalik “Bayer”da qolishga va 2025 yilda yangi takliflarni kutishga qaror qildi.