Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti EChL chorak finalida “Manchester Siti”ga qarshi o'yinda Antonio Ryudiger bilan qaysi markaziy himoyada kim o'ynashini aytdi.
“Anchelotti yoki Tchuameni? Biz ko'p narsalarni baholashimiz kerak. Aurelien "Atletik Bilbao"ga qarshi yarim himoyada juda muhim rol o'ynadi. Tchuamenini markaziy himoyaga qo'yganimda, biz uni yarim himoyada sog'inamiz. Biroq, Kamavinga uning zonasida ham o'ynashi mumkin", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Eder Militao mavsum boshida tizzasidan jarohat olib, yaqinda safga qaytgan edi.