Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti markaziy himoyachi Eder Militaoning saviyasi haqida gapirdi. Kecha Bilbaoning "Atletik" klubi bilan o'yinda braziliyalik uzoq vaqt tanaffusdan so'ng ilk bor maydonga tushdi.
“Militao dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri. Albatta, unga yaxshiroq formaga qaytish uchun vaqt kerak. Biroq Ederning qaytishi biz uchun juda muhim", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
"Real Madrid"ning navbatdagi o'yini 9 aprel kuni bo'lib o'tadi. "Qirollik klubi" Chempionlar ligasining birinchi chorak finalida o'z uyida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.