Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti EChL chorak final bosqichida "Manchester Siti"ga qarshi bo'lib o'tadigan qarama-qarshilik haqida gapirdi.
"Bu zamonaviy futbol. Bizning kalendarimiz raqibnikidan yaxshiroq. Birinchi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz uchun bizda ko'proq kunlar bor. Bu borada biz "Manchester Siti"dan ustunlikka egamiz", - dedi Anchelotti Sport.es bilan suhbatda.
"Real" va "Manchester Siti" o'rtasidagi ilk uchrashuv 9 aprel kuni Madriddagi stadionda bo'lib o'tadi. Javob o'yini 17 aprel kuni Manchesterda bo'lib o'tadi. Bu juftlik g'olibi yarim finalda "Bavariya" yoki "Arsenal"ga qarshi o'ynaydi.