Italiya terma jamoasi va "Inter"ning sobiq himoyachisi Marko Materatstsi frantsiyalik Kilian Mbappe va norvegiyalik Erling Xoland o'rtasida tanlov qildi.
"Bu yigitlar xuddi Ronaldu va Messi kabi bo'lishadi. Yuqori ehtimollik bilan ulardan biri ko'p sonli "Oltin to'p"lar bilan maqtanadi. Agar ulardan birini tanlashim kerak bo'lsa, Kilian degan bo'lardim. U allaqachon jahon va Frantsiya chempioni. Uning jahon chempionatida muhim gollari bor. Har holda, bu ikki fenomenal o'yinchi", — dedi Materatstsi Vesti.kz bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, yozda Mbappe "PSJ"dan "Real"ga o'tishi mumkin.