"Real Madrid" yaqin kunlar ichida Marko Asensio bilan shartnomani uzaytiradi.
Xabarlarga ko'ra bu hodisa kelayotgan haftada yuz beradi. Markoning amaldagi shartnomasi 2020-yilda yakuniga yetadi. Yangi shartnomaga ko'ra esa u 2023-yilgacha "Madrid" libosida harakat qiladi. Uning tovon puli ham 500 mln yevro qilib belgilanadi.