Nufuzli insayder Fabritsio Romano "Real Madrid" darvozaboni Andrey Lunin bilan vaziyat haqida ma'lumot berdi. Jurnalistning so'zlariga ko'ra, Madrid klubi Lunin bilan yangi shartnoma borasida kelishib olish mumkinligiga ishonchi komil.
"Los-Blankos" ukrainalikni o'z loyihasining bir qismi sifatida ko'radi, hatto keyingi mavsumda Tibo Kurtua yana asosiy darvozabon bo'lsa ham. Romanoning ta'kidlashicha, "Real" allaqachon 25 yoshli Lunin uchun yangi shartnoma bo'yicha taklif tayyorlab qo'ygan.
2023/2024 yilgi mavsumda Andrey Lunin turli klub musobaqalarida 23 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol o'tkazib yuborgan. Luninning amaldagi shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.