Yarim himoyachi Luka Modrich joriy mavsum yakunida “Real”ni tark etadi. Bu haqda Todofichajes jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, 38 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi Amerikaning "Inter Mayami" klubiga o'tishga amalda rozi bo'lgan.
Modrid yozda bu jamoaga qo'shilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, ayni damda "Mayami"da Lionel Messi, Luis Suares, Serxio Buskets va Jordi Albalar o'ynamoqda.
Luka 2012 yilning avgustidan beri "qirollik" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi. Futbolchining bozor narxi sakkiz million evroni tashkil qiladi.