"Real" yarimhimoyachisi Markos Lorente jamoa bilan yangi shartnoma imzolagach, o'z fikrlarini bayon qildi.
«Real» bilan yangi shartnoma imzolaganimdan xursandman. Bu klub tarkibida to'p surishni yoshlikdan orzu qilganman. Bu erga kelish juda qiyin, katta mehnat va shijoatni talab qiladi. "Real" - dunyoning eng yaxshi klubi, men orzu qilgan jamoadir», – dedi futbolchi.