"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Barselona" vingeri Lamin Yamalning Ispaniya terma jamoasi safida Braziliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidagi o'yini haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, o'yin “Santyago Bernabeu”da bo'lib o'tgan.
"Albatta, Braziliya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni kuzatdim. Yamal? Men "PSJ"da o'ynamaydigan futbolchilar haqida gapirmayapman.
Ammo, menga “Real” muxlislarining “Barselona” futbolchisini terma jamoada olqishlashi yoqdi. Bu juda yoqimli holat edi", - dedi Enrike matbuot anjumanida.