"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Saudiya Arabistoniga o'tishni rad etdi.
Sport nashri xabariga ko'ra, polshalik futbolchi shartnomada katta maosh taklif qilinganiga qaramay, mahalliy klub taklifini qabul qilmagan.
Manbaga ko'ra, Levandovski "Barselona"da qolish va hech bo'lmaganda shartnomasiga oxirigacha amal qilish niyatida.
Eslatib o'tamiz, polyakning "ko'k-anorranglilar" bilan kelishuvi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.