«Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis «Real»ga o'tishga yaqin turibdi. Kanadalik futbolchi shaxsiy shartnoma borasida "Qirollik klubi" bilan kelishuvga erishdi.
Endi mazkur transfer borasida klublarning o'zaro kelishuvga erishishi qoldi. «Real» Alfonso uchun 30 million evrodan ortiq pul bermoqchi emas, «Bavariya» esa uni 50 milliondan kamiga sotmoqchi emas.
Devis joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 31 ta o'yinda maydonga tushib, bir gol va 3 assist muallifi bo'ldi. Uning "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.
Myunxenliklar unga yangi shartnoma taklif qilishmoqda, ammo jamoa taklif etayotgan maosh Devisga ma'qul kelmayapti.