"Real Madrid" jamoa yarimhimoyachisi Markos Llorente bilan amaldagi shartnomasini uzaytirganligi borasidagi xujjatlarni rasmiylashtirdi.
Bugun "Santiago Bernabeu" bosh ofisida prezident Florentino Peres hamda Ispaniyalik futbolchi yangi shartnoma borasidagi barcha rasmiyatchiliklarni yakunladilar va o'zaro hamkorlikni 2021-yil 30-iyuniga qadar uzaytirdilar. Tadbir yakunida Peres Llorentega esdalik sovg'asi hamda yelkasiga 2021 raqami tushirilgan futbolka sovg'a qildi.
RealBlancos