Madridning “Real” klubi Leverkuzenning “Bayer” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonsoni 2025 yilda bosh murabbiy etib tayinlashni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Ispaniyaning Sport.es internet nashri.
Manbaga ko'ra, mutaxassisning keyingi mavsumda "Baer"da qolish qaroriga uning "Los-Blankos"ning Karlo Anchelottidan keyingi bosh murabbiyi bo'lishni istayotgani sabab bo'lishi mumkin. Avvalroq "Liverpul" Xabini taklif qilish g'oyasidan voz kechgani xabar qilingandi.
Ispaniyalik murabbiy 2022 yildan beri Leverkuzenning "Bayer" klubini boshqaradi. Germaniya chempionatining joriy mavsumida 26-turdan keyin Alonso boshchiligidagi “Bayer” 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.