Huquqlari Germaniyaning "Leyptsig" klubiga tegishli bo'lgan ispaniyalik yarim himoyachi Dani Olmo Evropa klublarining qiziqish doirasiga tushib qoldi.
Daily Mail nashri xabariga ko'ra, futbolchi "Real" va Londonning "Tottenxem" klubining e'tiborini tortgan. Oldinroq "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Barselona" Olmoni o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani ma'lum bo'lgandi.
Dani "buqalar" bilan 2027 yilgacha mehnat majburiyatlariga ega. Uning shartnomasida 60 million evrolik band bor. U keyingi yozda kuchga kiradi. Yarim himoyachi joriy mavsum Germaniya chempionatida 15 ta o'yinda maydonga tushdi. Olmo hisobida 3 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.