"Bavariya" frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidanni joriy mavsum yakunida Tomas Tuxel ketganidan keyin bo'sh qoladigan Myunxen klubining yangi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko'rmoqda. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, hozircha tomonlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalar bo'lmagan. Zidanning o'zi "Bavariya"ni boshqarish imkoniyatini qiziqish bilan ko'rib chiqmoqda, chunki uning fikricha, bu klub "Real Madrid"ga o'xshab ketadi. Bu jamoa ham ajoyib tarixga ega va mukammal ish sharoitlarini taklif qilishga tayyor.
Ta'kidlanishicha, «Bavariya» rahbariyati Myunxen klubining sobiq vingeri Frank Riberining Zidanga yordamchi bo'lishini istamoqda.