"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening "Real" futbolchisi sifatidagi taqdimoti avgust oyiga qoldirilgan bo'lishi mumkin, deya xabar bermoqda AS.
Manbaga ko'ra, Madrid klubi 25 yoshli frantsiyalik futbolchini avgust oyi boshida, jamoa AQShdagi turnedan qaytganida tanishtirishi mumkin. Qayd etilishicha, Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham 14 iyun kuni boshlanadigan turnir boshlanishiga ikki hafta qolganda Evro-2024 oldidan jamoa yig'ish niyatida.
Avvalroq 25 yoshli hujumchi 80 million evrolik sodiqlik bonusidan bosh tortgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, u kelajagini 2024 yilgi Evropa chempionati boshlanishidan oldin e'lon qilishini aytdi. Turnir Germaniyada 14 iyundan 14 iyulga qadar bo'lib o'tadi.
OAV futbolchi yozda "Real Madrid" futbolchisiga aylanishini yozishgan.