"Manchester Yunayted" "RB Leyptsig"ning 25 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmoni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchi uchun kurashda "qizil iblislar"ga "Real", "Manchester Siti", shuningdek, "Tottenxem" va "Chelsi" raqiblik qiladi.
Oldinroq taniqli jurnalist Fabritsio Romano keyingi transfer oynasida Olmoning shartnomasidagi uning uchun tovon puli 60 million evro bo'lgan shart kuchga kirishi haqida xabar bergan edi.