"Real" hujumchisi Vinisius Junior yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Todofichajes nashrining yozishicha, "PSJ" yulduz braziliyalikni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Frantsiya grandi prezidenti Nosir Al-Xelayfi Kilian Mbappe o'rniga yangi yulduz bilan shartnoma imzolamoqchi.
25 yoshli Mbappe joriy mavsum oxirida "PSJ"ni tark etib, "Real"ga o'tadi. O'z navbatida parijliklar Vinisius yoki Rodrigo bilan shartnoma imzolashga jiddiy qarashadi.
Vinisiusning "Real" bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan va uning qiymati 150 million evroni tashkil qiladi. Rodrigoning shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Braziliyalik futbolchining narxi 100 mln.