Seshanba oqshomida Madridda Ispaniya va Braziliya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda "Santyago Bernabeu" tribunalaridan olingan videolar paydo bo'ldi. Ushbu tasvirlarda o'yin oxirida jamoalarning ikki futbolchisi - Vinisius Junior va Alvaro Morata texnik zonalar hududida qanday janjallashib qolgani ko'rsatildi.
Janjalga nima sabab bo'lgani noma'lum. Vinisius Morata va boshqa ispanlarni nima uchundir qoralagandek bo'ldi. Braziliyalik futbolchilar hatto "Real Madrid" futbolchisini sudrab ketishga majbur bo'lishdi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya va Braziliya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlangandi.