Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinganing jarohati bo'yicha ma'lumot berildi.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi Frantsiya terma jamoasining Chiliga qarshi so'nggi o'yinida jarohat olgandi.
Jurnalist Mario Kortejananing so'zlariga ko'ra, Kamavinga o'zini yaxshi his qilmoqda. Tekshiruv tizzada kichik muammolarni ko'rsatdi.
Manbaning fikricha, frantsiyalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasidagi navbatdagi Bilbaoning “Atletik” klubiga qarshi o'yinda ishtirok eta oladi.