"Real" yarimhimoyachi Marko Asensio bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorgarlik ko'rmoqda.
AS xabariga ko'ra, klub rahbariyati uni tarkibda iloji boricha uzoq muddatga saqlab qolmoqchi va tovon pulini 500 mln evro qilib belgilamoqchi.
Yangi shartnoma 2023 yilgacha mo'ljallangan bo'ladi va u keyingi haftada imzolanadi.
Eslatib o'tamiz, "Real" yaqinda Marselo, Isko, Dani Karvaxal va Karim Benzema bilan tuzilgan shartnomalarni uzaytirgan edi.