"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres jamoaning bo'lajak yangi futbolchisi Endrik bilan suhbatlashdi. 17 yoshli braziliyalik Ispaniya terma jamoasiga qarshi “Santyago Bernabeu”da bo'lib o'tgan va sermahsul durang bilan yakunlangan o'rtoqlik uchrashuvida gol urdi – 3:3.
"Biz hammamiz seni shu erda kutamiz", dedi "qirollik klubi" prezidenti Peres uchrashuvdan so'ng Endrikka Rodrigo va Vinisius Junior qurshovida.
Endrik Braziliya terma jamoasida o'tgan yilning kuzida debyut qilgandi. U terma jamoa safida to'rtta o'yinda ikkita gol urgan.