Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Belgiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (2:2) Angliya terma jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Yulduz yarim himoyachi ikkinchi bo'limda qo'shib berilgan vaqtning beshinchi daqiqasida gol urib, tablodagi yakuniy hisobni o'rnatdi.
"Menga yoqdi. Agar ketma-ket ikkita o'yinda mag'lub bo'lsak, qancha ahmoqona izohlar olishimizni bilaman.
Imkoniyatlarimizdan yaxshiroq foydalanib, g'alaba qozonishimiz kerak, ammo bu ikki uchrashuv bizga foyda keltiradi. Men odamlar salbiy bo'lishini bilaman, lekin biz ijobiy tomonlarini ko'rishimiz kerak”, dedi Bellingem.