Madridning “Real” klubi Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Daniel Karvaxal Kolumbiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
22-mart, juma kuni ispanlar kolumbiyaliklarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
"Bu qiyin o'yin bo'ldi. Murabbiy debyutantlarga o'ynashga ruxsat berdi. Ushbu mag'lubiyatga qaramay, biz Evro-2024da g'alaba qozonish uchun munosib da'vogar ekanligimizga ishonaman", - deya Karvaxalning so'zlarini keltiradi Marca.