Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino faoliyati davomida ikki marta Portugaliya terma jamoasini boshqarishga yaqin kelganligini tan oldi.
"Ikki marta Portugaliya terma jamoasi eshiklari men uchun ochilgan edi. Birinchi holat "Real Madrid"da bo'lgan. Klub prezidenti Florentino Peres menga: "Joze, bu mumkin emas", degandi. Ikkinchi martada esa pushaymon bo'lishim mumkin, chunki bir necha oy o'tgach, meni "Roma"dan haydab yuborishdi. Lekin bundan afsuslanmayman, chunki rad etish sababidan xursandman", - dedi Mourino.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourino "Roma"dan haydalganidan keyin yanvar oyidan beri ishsiz.