Xose Luis Chilavert Vinisius Juniorning xatti-harakatidan norozi.
Kecha "Real Madrid" vingeri Ispaniya va Braziliya o'rtasidagi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida irqchilik haqida gapirib, yig'lab yubordi.
"Raqiblarini birinchi bo'lib haqorat qiladigan va hujum qiladigan uning o'zi. Yig'loqi va vaysaqi bo'lma, futbol erkaklar uchun", - deb yozdi Paragvay terma jamoasining sobiq darvozaboni.