"Real Madrid" himoyachisi Dani Karvaxal irqchilik asosida tez-tez haqoratlanadigan jamoadoshi Vinisius Juniorni qo'llab-quvvatladi.
“Mamlakatimizni irqchi deb hisoblamayman. Mening qora tanli do'stlarim bor, lekin ularda hech qanday muammo yo'q edi. Bunday odamlarni stadionga kiritmaslik kerak. Menimcha, irqchilik echinish xonasida gapirish uchun yaxshi mavzu emas. Ammo jamoa o'z navbatida Vinisiusni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi", - deb yozadi Marca nashri himoyachining so'zlarini.
La Liganing joriy mavsumida Junior 20 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.