"Palmeyras" klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Endrik "Real"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduga munosabati haqida gapirdi.
“Men boshqalardan ko'ra Krishtianuga ko'proq e'tibor qaratganman. Nafaqat ajoyib o'yinlarida, balki u qanchalik qattiq tayyorgarlik ko'rgani va uning mentaliteti haqida boshqalar nima degan. Undan bildimki, mehnat iste'doddan ham muhimroq. Bir kun kelib u bilan yaqinroq tanishish umididaman. Xudo xohlasa, “Real Madrid”da ham, faoliyatimda ham hammasi yaxshi bo'ladi va... Krishtianu mening oldimga keladi!" — deydi Endrik.
Ayni damda 17 yoshli futbolchi Braziliyaning "Palmeyras" klubi futbolchisi, ammo bu yozda u "Real Madrid"ga o'tadi.