Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchentso Montella yarim himoyachi Arda Gyulerning Avstriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida jamoaning asosiy tarkibiga kiritilishi uchun noodatiy shartni aytib o'tdi.
"Agar men etarlicha uxlasam va to'g'ri dam olsam, ertaga Arda Gyuler Avstriyaga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi", – deya Montellaning so'zlarini keltirmoqda Sports Digitale.
E'tiborlisi, 19 yoshli Arda Gyuler hozirgacha "Real Madrid"da kam o'ynagan.
Asosan turkiyalik futbolchi final hushtagi chalinishiga oz vaqt qolganda zaxiradan maydonga tushadi.