"Real" yarimhimoyachisi Daniel Sebalyos "Alaves"ga qarshi uchrashuvdan so'ng OAV intervyu berib o'tdi.
"Bu asosiy tarkibdagi debyut o'yinim edi va men mana shunday debyutni orzu qilar edim. Jamoadoshlarimga g'alaba keltiruvchi gollar kiritganimdan xursandman. O'zimdan ikki karra qoniqish hosil qilmoqdaman. Umid qilaman, biz raqiblarimizga yetib olamiz. Oldinda uchrashuvlar ko'p. Agarda oldimizga yagona maqsad ila intilsak, yanggi marralarni zabt etishimiz mumkin", - deydi Sebalyos.