Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior matbuot anjumanida irqchilik borasida so'roq qilinganidan keyin yig'lab yubordi.
"Men shunchaki futbol o'ynashni, klubim, oilam uchun hamma narsani qilishni va qora tanlilarning jabrlanganini hech qachon ko'rmaslikni xohlayman.
Men hech qachon Ispaniyani tark etish haqida o'ylamaganman, chunki bu irqchilarga ular xohlagan narsani berishni anglatadi.
Men dunyoning eng yaxshi klubini tark etmoqchi emasman. Men qat'iy va kuchli bo'lib qolaman, chunki prezident va klub meni qo'llab-quvvatlamoqda", - dedi Vinisius.
Joriy mavsumda 23 yoshli braziliyalik 28 uchrashuvda 18 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.