"Real Madrid" markaziy himoyachisi "Bavariya"dagi sobiq jamoadoshi bilan "Santyago Bernabeu"da uchrashmoqchi. Jurnalist Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, avstriyalik futbolchi chap qanot himoyachisi Alfonso Devisni “Qirollik klubi”ga o'tishga ko'ndirmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, "Bavariya" shu hafta Devisdan qaror kutmoqda. Agar Alfonso shartnomani uzaytirishga rozi bo'lmasa, uning yozgi transferi "Real"ga yanada realroq bo'ladi.
Manba, shuningdek, "Real" haligacha "Bavariya" bilan bog'lanib, tovon puli miqdorini muhokama qilmaganini ham aniq aytdi.