«Barselona» ayollar jamoasi «Real» ustidan g'alabali seriyani davom ettirdi. Kataloniyaliklar Ispaniya chempionatining 21-turi doirasida Madridda to'p tepib, 3:0 hisobida zafar quchishdi.
Gollarga Fridolina Rolfe, Aytana Bonmati va Karolina Xansen mualliflik qildi. Bu «Barsa» ayollar jamoasining «Real» ustidan qozonilgan ketma-ket 14-g'alaba bo'ldi. Ushbu statistika 2020 beri yuritilmoqda. O'shanda «Takon» klubi bazasida «Real» ayollar jamoasi tashkil etilgandi.
«Barsa» Primera jadvalida 61 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. «Real» esa 49 ochko bilan 2-o'rinni band etgan.