Himoyachi Alexandro Ximenes doimiy ravishda "Real"dan "Milan"ga o'tadi. Bu haqda jurnalist Janluka di Martsio xabar bermoqda.
Ayni paytda 18 yoshli ispaniyalik Italiya klubida ijara asosida o'ynamoqda. Manbaga ko'ra, "Milan" Ximenes uchun besh million evrodan kam to'laydi. "Milan"ning asosiy jamoasi tarkibida himoyachi barcha turnirlarda beshta uchrashuvda maydonga tushdi va gol ura olmadi.
29 turdan keyin “rossonerilar” 62 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.