Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham hujumchi Kilian Mbappening kelajagini klub darajasida muhokama qilishga tayyor emas.
Ma'lumki, mish-mishlar 25 yoshli Mbappening yozda "PSJ"dan "Real"ga erkin agent sifatida o'tishi bilan bog'liq.
"Mbappe tezda kelajak haqidagi qarorini e'lon qilishi kerakmi? U harakat qiladi, muloqot qiladi. Men uchun bu suhbat mavzusi emas", dedi Desham.
Oldinroq Kilian Mbappe klub tanlash borasidagi qarorini Evropa chempionati boshlanishidan oldin e'lon qilishini ma'lum qilgandi.